"PSJ" Mbappe o'rniga 90 millionlik futbolchini olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113
"PSJ" o'zining yulduz hujumchisi Kilian Mbappe bilan xayrlashadi. Yozda 25 yoshli to'purar erkin agent sifatida "Real"ga o'tadi.
Parijliklar bor e'tiborini "Liverpul" hujumchisi Luis Diasni sotib olishga qaratishgan. "PSJ" futbolchi uchun taxminan 90 million evro taklif qilishga tayyor.
Parijliklar bunday summa "qizillar"ni futbolchi bilan xayrlashishga ishontirishiga ishonishmoqda. Premer-liganing joriy mavsumida 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi 34 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!