Gvardiola "Bavariya" yangi murabbiy topishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Bavariya"ning sobiq ustozi, hozirda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Pep Gvardiola nega myunxenliklar yangi murabbiy tanlay olmayotgani haqida gapirdi.
"Bu sodir bo'ladi, bu vaqt masalasi. Ular to'g'ri qaror qabul qilishadi. Hammasi ular qanday o'ynashni xohlashlariga bog'liq. Ba'zida murabbiy topish oson emas, lekin ular topadilar. "Bavariya" direktorlar kengashida aqlli odamlar bor", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Gvardiola "Bavariya"ni 2013 yildan 2016 yilgacha boshqargan. Jamoa ayni damda Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va Chempionlar ligasida g'oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!