"Barselona" yozda Levandovskini sotishga tayyor, ammo muammo bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Barselona" yozda hujumchi Robert Levandovskining transferi bo'yicha takliflarni tinglashga tayyor. 35 yoshli polyakning “ko'k-anorranglilar” bilan shartnomasi 2025 yilning iyulida yakuniga etadi.
RAC 1 xabariga ko'ra, "Barselona" Levandovskini sotishga tayyor bo'lishiga qaramay, futbolchining o'zi ketishni istamayapti. Hujumchi qolish va hech bo'lmaganda amaldagi shartnomasini oxirigacha ishlab chiqish niyatida.
Avvalroq Robert Saudiya Arabistoni klubidan tushgan yirik taklifni rad etgani haqida xabar berilgandi. Joriy Ispaniya chempionatida Levandovski 30 uchrashuvda 16 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!