"Milan" afsonasi Saudiya Arabistonidan taklif oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Milan"ning afsonaviy sobiq futbolchisi, hozirda murabbiy Jennaro Gattuzo Saudiya Arabistoni klubi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin, deb xabar beradi Fabritsio Romano.
Xabar qilinishicha, 46 yoshli Gattuzo bilan arab klubi allaqachon aloqaga chiqqan va rasmiy taklif yuborgan. "Torino" ham italiyalik mutaxassis nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Jennaro Gattuzo fevral oyida Frantsiyaning "Marsel" jamoasidan iste'foga chiqarilganidan keyin hozirda ishsiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!