"Manchester Yunayted" Sanchoga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Manchester Yunayted" hozirda Dortmundning "Borussiya"sida ijarada o'ynayotgan hujumchisi Jeydon Sancho uchun narx belgiladi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ta'kidlashicha, ingliz jamoasi kelajakda futbolchidan foydalanmoqchi emas. Shu sababli rahbariyat kelayotgan yozda Jeydon bilan 60 million evro tovon puli evaziga xayrlashishga tayyor.
Dortmundning "Borussiya"si Sanchoni doimiy ravishda sotib olmoqchi, ammo "asalarilar" angliyalik uchun kerakli miqdorni to'lashga tayyormi yoki yo'qmi, hozircha ma'lum emas. Eslatib o'tamiz, 2021 yilning yozida nemislar Jeydonni “Manchester Yunayted”ga 80 millionga sotishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!