Xavi "Barsa" sardorini jamoada saqlab qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa sardori Serxi Robertoni o'z jamoasida saqlab qolish niyatida. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, murabbiy shaxsan rahbariyatdan ispaniyalik bilan yangi shartnoma imzolashni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Robertoning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Serxi hozir rahbariyat bilan yakuniy uchrashuvni kutmoqda, unda tomonlar barcha tafsilotlarni hal qilishlari kerak. Roberto yana maoshni qisqartirishga rozi bo'lishi mumkin.
Serxi butun faoliyatini "Barselona"da o'tkazgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Ispaniya chempionatida uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!