Vernerning kelajagi hali hamon so'roq ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11
Londonning "Tottenxem" klubi hali o'z hujumchisi Timo Verner borasida bir qarorga kelmagan. Nemis forvardi yanvar oyidan beri jamoada "RB Leyptsig"dan ijara asosida o'ynamoqda. “Shporlar”da 17 million evroga sotib olish imkoniyati bor, biroq klub transferni doimiy qilish-qilmaslik borasida hali bir qarorga kelmagan.
Jurnalist Filipp Xinzening aytishicha, Verner Londonda juda baxtli. Hujumchi "Tottenxem" bosh murabbiyi Anj Postekoglu qo'l ostida o'ynashni yoqtiradi.
28 yoshli Verner Premer-liganing ushbu mavsumida hozirgacha ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Timo jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!