Terzich: "Sanchoning harakatlaridan juda mamnunmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Edin Terzich “asalarilar” vingeri Jeydon Sanchoning “PSJ”ga qarshi Chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvidagi (1:0) o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz Jeydonning «PSJ»ga qarshi o'yindagi harakatlaridan juda mamnunmiz. Har bir mashg'ulotda Sancho bizga qanchalik kerak ekanligini ko'rsatadi.
U yaxshi formada, kuch-quvvatga to'la va maydonda yaxshi o'ynaydi", - deya Terzichning so'zlarini keltiradi «Borussiya»ning X ijtimoiy tarmog'idagi (sobiq Twitter) rasmiy akkaunti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!