Xyutter: "Maqsadimiz o'zgarishsiz qolgan..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
Adi Xyutter "Monako"ning mavsum yakunidagi vazifasi haqida gapirdi. 31 o'yindan so'ng monakoliklar Liga 1da ikkinchi o'rinni egallab turishibdi.
“Maqsadimiz o'zgarishsiz – biz kuchli uchlikka kirishni istaymiz. Biroq, biz eng yaqin raqibimizga katta hurmat bilan qaraymiz.
"Klermon" so'nggi to'rtta o'yinda ajoyib natijalar ko'rsatdi. "PSJ" va "Monpele" bilan uchrashuvlarda durang o'ynashdi, "Lens" bilan o'yinda ishonchli harakat qilishdi va "Reyms"ni to'liq mag'lub etishdi.
Mening vazifam ham futbolchilarimni rag'batlantirishdan iborat. Hech qanday bosim yo'q. Maydonda tajovuzkor bo'lishda davom etishimizni istayman.
Shanba kuni g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarimiz borligiga shubham yo'q", — dedi “Monako” bosh murabbiyi.