"Arsenal" darvozaboni APL "oltin qo'lqop"iga ega bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Arsenal" darvozaboni David Rayya Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazganlik uchun beriladigan "Oltin qo'lqop"ini qo'lga kiritdi.
Bu haqda Premer-liganing X ijtimoiy tarmog'idagi (sobiq Twitter) rasmiy akkaunti xabar bermoqda.
Angliya chempionatining joriy mavsumida ispaniyalik darvozabon 14 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Uning eng yaqin ta'qibchisi “Everton” darvozaboni Jordan Pikford 12 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va bu ko'rsatkich bo'yicha Rayyaga etib olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Londonning “Arsenal” klubining “Oltin qo'lqop”ni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan so'nggi darvozaboni chexiyalik Petr Chex bo'lgan (2015/2016 yilgi mavsum).