"Milan" hujumchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
26 yoshli serbiyalik hujumchi Luka Yovich "Milan" bilan 2024 yilning iyunida tugaydigan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Calciomercato.
Manbaga ko'ra, futbolchining agenti va klub rahbariyati o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda tomonlarning hamkorlikni davom ettirishga bo'lgan umumiy istagi tasdiqlandi, yaqin kunlarda muzokaralar yakuniy bosqichga chiqishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, “rossonerilar” futbolchiga 2023 yilning yozida Yovich “Milan”ga o'tganida kelishilgan bir yillik uzaytirish variantini faollashtirish o'rniga, uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!