Gvardiolaning darvoza chizig'idan ko'ngli to'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasi darvozabonlari - Ederson va Stefan Ortega o'rtasidagi tanlov haqida gapirdi.
"Edi - birinchi variant, ammo biz Stefanga ishonamiz. O'tmishda ham shunday bo'lgan va hozir ham shunday. Edersonning jarohati biz kutgandek jiddiy bo'lmagani yaxshi - paylari shikastlanmagan yoki yirtilmagan.
Bizda ajoyib darvozabonlar bor. Skott Karson echinish xonasida juda muhim - men buni ko'p marta aytganman.
Ammo bizda ikkita ajoyib darvozabon bor - aql bovar qilmaydigan! - ular juda ishonchli. Men tinch uxlayman, chunki shunday darvozabonlarim bor, men haqiqatan ham tinch uxlayman", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi «Manchester Siti» rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!