"Aston Villa" "Lester" hujumchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Birmingemning “Aston Villa” klubi “Lester Siti” hujumchisi Kelechi Ixeanachoni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi Football Insider.
Xabarlarga ko'ra, "Villa" 27 yoshli Ixeanachoni asosiy hujumchi Olli Uotkinsga zaxira sifatida ko'rmoqda. Nigeriyalik futbolchining “tulkilar” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.
Kelechi joriy mavsumda “Lester” safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!