Fabritsio Romano: "Real" yangi "Federiko Valverde"ni sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107
Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Franko Mastantuono transferi borasida “River Pleyt” bilan bog'landi. Bu haqda taniqli italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ispan klubi 16 yoshli argentinalik futbolchining iqtidorini yuqori baholaydi va uni yangi Federiko Valverde sifatida ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Mastantuono “River Pleyt” kattalar jamoasi safida 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
Futbolchining mehnat shartnomasi 2026 yilning oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini to'rt million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!