Myuller: "Finalga chiqish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi Tomas Myuller Chempionlar ligasi yarim finalida “Real” bilan javob o'yini oldidan Myunxen klubining kayfiyati haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi Myunxenda (Germaniya) bo'lib o'tgan ilk uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangandi.
"Javob o'yini oldidan vaziyat aniq. G'olib davom etadi. O'yin mutlaqo hal qiluvchi. Bizda bolalikdagi orzumizni amalga oshirish va Chempionlar ligasi finaliga chiqish imkoniyati bo'ladi. Buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, javob o'yini 8 may kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!