Luis Enrike Gari Nevillga qarshi hurmatsizlik qilganmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Valensiya"ning sobiq bosh murabbiyi Gari Nevill "Barselona"ning sobiq ustozi Luis Enrike unga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatganini esladi.
"Ular 5:0 hisobida g'alaba qozonayotgan bo'lsa ham, u Neymar, Messi yoki Suaresni almashtirmadi. Final hushtagi yangraganidan keyin Enrike yonimdan shunchaki o'tib ketdi va qo'limni siqib qo'ymadi, u menga bu erga tegishli emasligim haqida xabar yuborayotgandek his qildim”, — dedi Nevill Sky Sports Stick To Football podkastiga.
Eslatib o'tamiz, bu 2016 yilning 3 fevralida kataloniyaliklar Ispaniya kubogida “ko'rshapalaklar”ni 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganida sodir bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!