AQSh terma jamoasi tayanch futbolchisi uchun grandlar kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
AQSh terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi "Barselona" va "Atletiko Madrid"ning e'tiborini tortdi.
Diario de Sevilla xabariga ko'ra, Kataloniya va Madrid klublari "Betis" yarim himoyachisi Jonni Kardozoga qiziqish bildirmoqda.
22 yoshli futbolchining shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, tovon puli 80 million evroni tashkil qiladi. Hozirda "Betis" futbolchini 30 million atrofida baholamoqda, ammo yozgacha bu summa o'zgarishi mumkin.
"Barselona", "Atletiko", shuningdek, "Leyptsig" va Dortmundning "Borussiya" klublari Kardozo vakillari bilan bog'lanib, unga qiziqish bildirishgan. Uni Premer-liga klublari ham kuzatib borishmoqda.
Joriy mavsumda qishda 6 million evroga sotib olingan amerikalik futbolchi La Ligada 12 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.