Levandovski: "Bu klubda o'ynash - o'zgacha tuyg'u"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Kataloniya jamoasida qolish qarori haqida gapirdi.
"Bu klubda o'ynash - o'zgacha tuyg'u. "Barselona" - tarixdagi eng katta klub va men uning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman", - dedi polshalik forvard Mundo Deportivo nashriga.
Levandovski 2022 yilning yozida "Barselona" futbolchisiga aylangandi, u avvalroq "Bavariya"da o'ynagan. Hammasi bo'lib Levandovski "Barselona" safida 90 ta o'yin o'tkazib, 56 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!