"Milan" murabbiylik uchun ikki nomzoddan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
41"Milan" Tiago Mottani bosh murabbiy etib tayinlashga urinib ko'radi.
Jurnalist Sasha Tavolerining yozishicha, milanliklar "Bolonya" murabbiyini Stefano Pioli o'rniga asosiy da'vogar sifatida ko'rmoqda.
"Rossonerilar" rahbariyati 41 yoshli mutaxassisning tayinlanishini to'g'ri qaror deb hisoblamoqda va uni "Milan" foydasiga tanlov qilishga ko'ndirish niyatida.
Qayd etilishicha, Paulo Fonseka ("Lill") va Domeniko Tedesko (Belgiya terma jamoasi) nomzodlari endi ko'rib chiqilmayapti.
Shu bilan birga, Mottani tayinlashga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Oldinroq klub italiyalik bilan yangi mavsumda bosh murabbiy sifatida ishlash borasida printsipial kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!