"Manchester Siti"da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden jamoaning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Aprel oyida angliyalik futbolchi “shaharliklar” safida raqib darvozasiga 6 ta gol urdi. Uchtasi Premer-ligada “Aston Villa”ga, ikkitasi “Brayton”ga qarshi o'yinlarda. Shuningdek, Fil EChL chorak finalining birinchi o'yinida (3:3) “Real” darvozasiga ham bitta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, “Siti” hozirda ikkita sovringa da'vogarlik qilmoqda - Premer-liga va Angliya kubogi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!