Kellini: "Ronaldu o'ynagan jamoada sardorlik bog'ichini taqish men uchun katta sharaf edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Italiya terma jamoasi va Turinning “Yuventus” klubi sobiq himoyachisi Jorjio Kellini portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Keksa sinora”ga o'tgani haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
"Ronaldu o'ynagan jamoada sardorlik bog'ichini taqish men uchun katta sharaf edi. Krishtianu jamoamizga juda mos tushdi. U g'alaba qozonishga intildi va qattiq mehnat qildi. Unda "Real Madrid"dagidan yaxshiroq ekanligini isbotlash uchun "dahshatli" istak bor edi", dedi italiyalik sobiq futbolchi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik hujumchi 2018 yildan 2021 yilgacha turinliklar safida to'p tepgan. "Yuventus" bilan birgalikda Ronaldu ikki marta Italiya chempioni bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!