"Borussiya Dortmund" "Chelsi" himoyachisini to'liq transfer qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Dortmundning “Borussiya” klubi “Chelsi”dan ijaraga olingan himoyachi Yan Matsenni to'liq sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
"Asalarilar" rahbariyati o'yinchidan mamnun va uni doimiy ravishda tarkibda saqlab qolmoqchi. Biroq futbolchining hohishi hozircha ma'lum emas.
"Borussiya" uchun muammo moliyaviy komponent bo'lishi mumkin. Niderlandiyalik futbolchi uchun tovon puli 35 million evroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda 22 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!