Konte London grandi bilan muzokaralarni boshlagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Ayni vaqtda klubsiz bo'lgan italiyalik mashhur mutaxassis Antonio Konte Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri sahifalarida xabar berilgan.
Manbaning xabariga ko'ra, Antonio faoliyatida ikkinchi marta "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin. So'nggi bir necha kun ichida "aristokratlar" vakillari italiyalik murabbiy bilan muzokara olib borishdi. Eslatib o'tamiz, Konte 2016 yildan 2018 yilgacha London jamoasini boshqargan.
Hozirda "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini argentinalik Maurisio Pochettino egallab turibdi. 33 uchrashuvdan so'ng London jamoasi APL turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!