Tonali yana ikki oyga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Sandro Tonali sportga pul tikish qoidalarini buzgani uchun qo'shimcha ikki oyga futboldan chetlashtirildi, deya xabar beradi FA.
"Nyukasl" yarim himoyachisi mustaqil komissiyada ingliz klubiga o'tganidan keyin futbol o'yinlariga pul tikganini tan oldi.
Avvalroq Angliya futbol assotsiatsiyasi Tonalini yozgi transfer oynasida "Milan"dan ko'chib o'tganidan keyin 2023 yil 12 avgustdan 12 oktyabrgacha bo'lgan davrda tikish qoidalarini 50 marta buzganlikda ayblagan edi.
Ikki oylik diskvalifikatsiyadan tashqari, Tonali 20 ming funt sterling miqdorida jarimaga ham tortildi.
Italiyalik futbolchi oktyabr oyidan boshlab maydonga qaytishi mumkin bo'ladi. FA'ning ikki oylik diskvalifikatsiyasi bu jazoga qo'shilmaydi.
FA Tonali tergov bilan to'liq hamkorlik qilganini va barcha qonunbuzarliklar haqida o'zi xabar berganini ta'kidladi.