Emeri "Aston Villa"ning joriy mavsumdagi ustuvor maqsadi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri 2023/24 yilgi mavsum yakuni bo'yicha jamoasining ustuvor vazifalarini aytib o'tdi.
"Biz Konferentsiyalar ligasida o'ynayotganimizdan juda mamnunmiz yana biz Premer-ligada to'rtinchi o'rinda ekanligimizdan ham juda xursandmiz. Takror aytamanki, men o'z fikrimni o'zgartirmaganman: eng muhimi - Premer-liga. Keyin Angliya kubogi, liga kubogi va evrokuboklar bor. Albatta, masalan, Konferentsiyalar ligasi finaliga chiqsak, vaziyat biroz o'zgaradi, ammo baribir Premer-liga kuchli to'rtligi ustuvor variant. Garchi men evrokubokda g'alaba qozonishni istasam ham", - deya Emeri so'zlarini keltirmoqda BBC.
Eslatib o'tamiz, Unai Emeri bungacha to'rt marta Evropa ligasida g'olib chiqqan – “Sevilya” bilan uch marta va “Vilyarreal” bilan bir marta.