Rossiya terma jamoasining navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
Futbol bo'yicha Rossiya terma jamoasi Belarusga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi, deb xabar bermoqda Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati.
O'yin 7 iyun kuni Minskdagi "Dinamo" milliy olimpiya stadionida bo'lib o'tadi. Qayd etilishicha, o'yin FIFA reytingida hisobga olinadi. Belarus FIFA reytingida 97-o'rinni egallab turibdi.
Rossiyaning barcha klublari va terma jamoalari 2022 yil fevralidan boshlab FIFA va UEFA shafeligidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan to'xtatilgandi.
Rossiya terma jamoasi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini 21 mart kuni Serbiyaga qarshi o'tkazgan. O'yin Moskvadagi “Dinamo” stadionida bo'lib o'tdi va 4:0 hisobida rossiyaliklarning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!