Ten Xag Sanchoning "PSJ"ga qarshi ko'rsatgan o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning "PSJ"ga qarshi Chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvidagi (1:0) o'yini haqida gapirdi.
"Jeydon juda yaxshi o'ynadi, u "Manchester Yunayted" uni nima sababga ko'ra sotib olganini ko'rsatdi. U klub uchun katta boylik ekanligini yana bir bor isbotladi. Sanchoning kechagi o'yinidan xursandman. Kelajakda nima bo'lishini ko'ramiz", - dedi ten Xag.
O'tgan qishda Sancho 2024 yilning yoziga qadar "Manchester Yunayted"dan "Borussiya"ga ijara asosida o'tgan edi. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!