Adrien Rabio APLda o'ynashni orzu qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabio o'zini Angliya chempionatida sinab ko'rmoqchi.
Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi tugashi munosabati bilan joriy mavsum oxirida erkin agent sifatida hozirgi jamoasini tark etishi mumkin. Sky Sports xabariga ko'ra, Rabo faoliyatini Premer-ligada davom ettirishdan manfaatdor.
Taxminlarga ko'ra, yarim himoyachi Evro-2024 boshlangunga qadar "Yuventus"dagi faoliyati borasida yakuniy qarorni qabul qiladi. Bundan tashqari, 29 yoshli futbolchi bir qarorga kelishdan oldin yangi mavsumda “byankonerilar” murabbiyi kim bo'lishini bilishni istaydi. Eslatib o'tamiz, Massimiliano Allegri o'z lavozimini tark etishi mumkin, Tiago Motta esa uning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.