"Arsenal" bu transferda "Milan" va "Yuventus"ni ham ortda qoldirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Italiya top-klublari “Bolonya” hujumchisi Joshua Zirkzee uchun kurashdan chiqib ketishdi. “Inter”dan keyin “Milan” va Turinning “Yuventus” klublari ham niderlandiyalik futbolchini transfer qilishdan bosh tortdi.
Xabarlarga ko'ra, Zirkzee uchun poygada favorit Londonning "Arsenal" jamoasi hisoblanadi. Italiya klublari moliyaviy jihatdan "kanonirlar" bilan raqobatlasha olmasligini his qilishdi. Eslatib o'tamiz, “Bolonya” Zirkzee uchun tovon puli sifatida 50 million evro talab qilmoqda.
22 yoshli futbolchi Italiya chempionatida 11 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bavariya"ning sobiq futbolchisi A Seriyadagi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!