Ajoyib! Badiiy gimnastikachilarimiz guruh mashqida Parij-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
Badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda start olgan litsenzion Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi. Guruh mashqida ishtirok etgan hamyurtlarimiz ko'pkurash dasturida 69.95 ball jamg'arib, oltin medal bilan birga Parij-2024 yo'llanmasini ham naqd qilishdi.
Yurtdoshlarimiz 5 ta halqadagi chiqishda 36.60, 3 ta tasma va 2 ta to'pdagi chiqishda esa 33.35 ball jamg'arishga muvaffaq bo'ldilar. Ikkinchi o'rin Yaponiya jamoasiga nasib etgan bo'lsa, qozog'istonlik qizlar kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Bellashuvlarda ishtirok etgan Mumtoza Ishoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedovaga tasanno aytamiz. Barakalla, qizlar!
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!