Premer-liga aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Angliya Premer-ligasi 2023/24 yilgi mavsumda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Nomzodlar orasida top-klublardan 4 nafar futbolchi bor.
Ro'yxat quyidagicha: Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Yoshko Gvardiol («Manchester Siti»), Kay Xaverts («Arsenal»), Jan-Filip Mateta («Kristal Pelas»), Koul Palmer («Chelsi») va Jordan Pikford («Everton»).
Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga asosiy favorit Londonning “Chelsi” klubidan Koul Palmer hisoblanadi. Yarim himoyachi o'tgan oy Premer-liganing 4 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!