Grimaldo: "Bayer" mavsumni trebl bilan yakunlamoqchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Bayer" qanot himoyachisi Aleks Grimaldo joriy mavsumni trebl bilan yakunlash niyatida ekanligini ma'lum qildi.
“Jamoamiz sovrinlarga chanqoq. Biz bu mavsumdan 100 foiz foydalanmoqchimiz. "Bayer" treblni qo'lga kiritmoqchi. Biz Evropa ligasi va Germaniya kubogini yutish imkoniyatini qo'ldan boy bermaymiz. Jamoa o'z muvaffaqiyatiga ishonadi", - deydi futbolchi.
Leverkuzen klubi “Bavariya”ning uzoq yillik gegemonligini to'xtatib, muddatidan avval Germaniya chempioniga aylangandi. Xabi shogirdlari Evropa ligasi yarim finalida “Roma” bilan, mamlakat kubogi finalida “Kayzerslautern” bilan uchrashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!