Gnabri "Real"ga qarshi asosiy tarkibda o'ynamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushishga umid qilmoqda.
Kicker xabariga ko'ra, Gnabri asosiy tarkibdan joy olish uchun o'z formasi ustida qattiq ishlash niyatida. Birinchi o'yinda Serj jarohati tufayli biroz vaqt o'tkazib yuborib, zaxiradan maydonga tushgandi.
Gnabri bu mavsumda turli jarohatlar tufayli ko'p vaqtni o'tkazib yubordi. Serj Bundesligada bor-yo'g'i 9 ta o'yin o'tkaza oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!