"Borussiya" Xummels borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati jamoaning markaziy himoyachisi Mats Xummels bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Jamoa himoyachining o'yinidan mamnun va uning jamoada qolishini istaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Xummels 24 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi, 4 ta sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!