Reshford klubdan ketmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford yozgi transfer oynasida jamoasini tark etish niyatida emas.
Jurnalist Nil Kustichning so'zlariga ko'ra, ingliz futbolchisi kelayotgan mavsum oralig'ida rahbariyatning uni sotishga urinishlariga to'sqinlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Reshford joriy mavsumda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatmayapti. Agar so'nggi mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 30 ta gol urgan bo'lsa, endilikda hujumchida Angliya premer-ligasida atigi 7 ta gol bor.
Rahbariyat o'yindagi pasayish tufayli shogirdini sotish haqida o'ylamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!