Jurnalist: "Faqat Mbappe jamoadagi vaziyatni to'g'irlashga qodir"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
RMC Sport jurnalisti Daniel Riolo Chempionlar ligasi nimchorak finalida Dortmundning "Borussiya"si bilan birinchi o'yindan so'ng "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Parijliklar mehmonda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. "Eng oddiy narsa Mbappeni hamma narsada ayblash.
Axir u gol urishi kerak, ammo bu o'yinda uddasidan chiqa olmadi. Umuman olganda, Kilian maydonda hech narsa qilmadi, deyishimiz mumkin.
Ammo baribir u parijliklarning eng yaxshi futbolchisidir. Faqat Mbappe jamoadagi vaziyatni to'g'irlashga qodir", - dedi jurnalist.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!