“Borussiya” – bu ko'rsatkich bo'yicha EChLda peshqadam
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Dortmundning “Borussiya” klubi Chempionlar ligasida yana bir bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.
Edin Terzich shogirdlari Germaniyada bo'lib o'tgan yarim final bahsining ilk uchrashuvida "PSJ" ustidan minimal g'alabaga erishdi.
"Asalarilar" joriy Chempionlar ligasida allaqachon beshta "quruq" o'yinga ega - bu turnirdagi eng yaxshi ko'rsatkich.
Dortmundliklar to'rtta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan “Arsenal”, “Bavariya”, “Inter” va “Real Sosedad”dan oldinda.
"Real Madrid" va "PSJ" ham Chempionlar ligasida ishtirok etishda davom etib, har biri uchtadan "quruq" o'yinga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!