"Chelsi" Angliya terma jamoasi posbonini xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Chelsi" yozgi transfer oynasida o'zining darvoza pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. TBR Football xabariga ko'ra, London klubi "Everton" darvozaboni Jordan Pikfordga qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" kelasi mavsumda 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishlari mumkin.
Transfermarkt portali ekspertlari Pikfordni 22 million evroga baholamoqda. Shu bilan birga, aslida futbolchining transfer narxi qimmatroq bo'lishi mumkin.
Aytish joizki, Jordan Pikford Angliya terma jamoasining asosiy darvozaboni hisoblanadi. Kelasi yozda jamoa Germaniyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionatida ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!