Pochettino Tiago Silvaning "Chelsi"dan ketishiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino himoyachi Tiago Silvaning jamoadan ketishi haqida gapirdi.
"U ajoyib yigit va ajoyib professional. U ajoyib faoliyat yuritdi va klub uni sog'inadi. U o'z faoliyati bilan faxrlanishi mumkin va men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", - dedi Pochettino.
Avvalroq, 39 yoshli braziliyalik joriy mavsum yakunlanganidan keyin "Chelsi"ni tark etishi malum bo'lgandi. Silva "Chelsi"da 2020 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!