Anchelotti: "Vinisius to'psiz o'ynashni o'rgandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti UEFA Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “Bavariya”ga qarshi birinchi o'yinda braziliyalik vinger Vinisius Juniorning o'yini haqida gapirdi. Futbolchi ushbu bahsda dubl qayd etdi.
“Junior to'qqizlik pozitsiyasida muvaffaqiyatli ishlay oladi. U to'psiz yaxshi harakat qilishni va ortdan hujum qilishni o'rgandi. Vinisius darvoza oldida xotirjam, u ajoyib hujumchiga aylana oladi", - deydi italiyalik mutaxassis.
Birinchi uchrashuv 2:2 hisobida sermahsul durang bilan yakunlangan edi. Javob o'yini 8 may kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!