Buffon bir o'yinni ortga qaytarishni istaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Italiya terma jamoasi va "Yuventus"ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon o'zi takrorlamoqchi bo'lgan o'yinni aytdi.
"2012 yilgi Evropa chempionati finalida Ispaniya va Italiya o'rtasidagi o'yinni takrorlagan bo'lardim.
Biz bu natijaga loyiq emasdik. Men hech qachon bahona izlamayman, lekin biz o'yinni imkonsiz ruhiy va jismoniy sharoitda o'tkazdik, charchadik.
Agar bizga yana bir kun dam berilganida, boshqacha o'ynashimiz mumkin edi. Lekin biz kuchli bo'lgan Ispaniya bilan hech narsa qila olmadik, lekin biz ularni guruh bosqichida to'xtatgan yagona jamoa edik", - deya Buffonning so'zlarini keltirmoqda La Repubblica.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!