Mikolenko: "Men operatsiyaga muhtoj emasman va Evropa chempionatida ko'rishamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Everton" himoyachisi Vitaliy Mikolenko "Liverpul"ga (2:0) qarshi o'yinda olgan jarohatidan so'ng o'zining holati haqida fikr bildirdi.
"Avvalo, qo'llab-quvvatlagan so'zlar uchun barchaga katta rahmat aytmoqchiman, men hamma narsani o'qiyman va ko'raman.
Menga operatsiya kerak emas, endi mening maqsadim imkon qadar tezroq tuzalib ketish va Evropa chempionatiga borish”, — deb post qoldirdi Mikolenko.
Joriy mavsumda Mikolenko 34 ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida ilk daqiqalardan o'ynab, 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!