"Sevilya" bu borada La Liga klublari orasida etakchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Sevilya" Ispaniya chempionatida standart vaziyatlardan eng ko'p gol urgan jamoa.
La Liganing 33-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi o'yinda (1:1) Kike Sanches Flores shogirdlari chempionatdagi o'zining standartdan 12-golini kiritdi va bu ko'rsatkich bo'yicha "Osasuna"ni (11 gol) ortda qoldirdi.
Shu tariqa, belgilangan to'plardan kiritilgan gollar "Sevilya"ning chempionatda urgan umumiy gollarining 29 foizini tashkil qiladi (42).
"Sevilya" La Ligada 13-o'rinda bormoqda. Keyingi o'yin 5 may kuni o'z maydonida "Granada"ga qarshi o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!