Torres uchun mavsum yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Sevilya" yarim himoyachisi Oliver Torres elkasidan olgan jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda MARCA nashri.
29 yoshli futbolchi mashg'ulotlarda jarohat olgan va operatsiya qilingan. Oliver kelajakda shunga o'xshash epizodlarning oldini olish va bo'g'inni mustahkamlash uchun buni qilishga qaror qildi. U mavsum oxirigacha "Sevilya" o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Ispaniyalik futbolchining shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi, tomonlar uni uzaytirish borasida kelisha olishmadi. Shu tariqa, La Liganing 32-turi doirasidagi "Malorka"ga qarshi uy uchrashuvi Torresning "Sevilya" safidagi so'nggi o'yini bo'lishi mumkin.
Oliver “Sevilya”ga 2019 yil iyul oyida kelib qo'shilgandi. Ispaniyalik futbolchi klub libosida 201 ta o'yin o'tkazgan va ikki marta Evropa ligasida g'olib chiqqan.
Joriy mavsumda Torres 35 o'yin o'tkazdi va 2 golga assistentlik qildi.