"Vest Xem Yunayted" Chempionshipdan futbolchi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
The Guardian xabariga ko'ra, "Vest Xem Yunayted" Kallum O'xareni sotib olishga qiziqmoqda.
25 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda sensatsion formada bo'ldi va "bolg'achilar" kelasi mavsum oldidan uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Aston Villa"dan futbolchi "Koventri Siti"ga 2019/20 yilgi mavsumda ijara asosida ko'chib o'tgan, shundan so'ng u Chempionship klubiga doimiy ravishda o'ynab kelmoqda.
Joriy mavsumda serqirra yarim himoyachi 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!