"Barselona" Roberto borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
Kataloniyaning "Barselona" klubi sardori Serxi Robertoning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, “blaugranalar” tajribali yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu qarorni shaxsan bosh murabbiy Xavi Ernandesning o'zi turib oldi.
Qayd etilishicha, yangi shartnoma uchun Roberto maoshini kamaytirishga rozi bo'lgan. Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborishgan va tezroq shartnoma tuzishga umid qilishmoqda.
Joriy Ispaniya chempionatida yarim himoyachi uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!