"Milan" Motta uchun kurashda "Yuventus" bilan raqobatlashish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
"Milan" Turinning "Yuventus" klubi Tiago Mottani bosh murabbiylikka taklif qilishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Corriere della Sera xabariga ko'ra, "rossoneri"lar "Bolonya" ustozi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
“Milan” qoniqarsiz natijalar uchun ustozi Stefano Piolini iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda. “Yuventus” ham o'z navbatida Massimiliano Allegri bilan xayrlashmoqchi. Har ikki klub Mottani bosh murabbiylik uchun asosiy nomzodlardan biri deb biladi.
Oldinroq Tiago "Yuventus"ni boshqarishga rozi bo'lgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!