Simons kelajagi borasida Evro-2024gacha qaror qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Xavi Simons hali ham kelajak rejalari borasida bir qarorga kelmagan. Niderlandiyalik yarim himoyachi hozirgi jamoasida ijara asosida o'ynamoqda. Futbolchi hamon Frantsiyaning "PSJ" jamoasiga tegishli.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 21 yoshli yarim himoyachi o'z rejalari haqida Evro-2024 boshlangunga qadar bir qarorga kelmoqchi. "PSJ" ham Simonsga keyingi mavsumda barqaror o'yin amaliyotini kafolatlay oladimi yoki yo'qmi, hali bir qarorga kelmagan.
Avvalroq Xaviga "Chelsi" qiziqayotgani xabar qilingandi. Joriy mavsumda Simons Germaniya chempionatida 7 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!