"Inter" ikki asosiy futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Inter" yarim himoyachi Nikolo Barella va himoyachi Franchesko Acherbi bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda La Gazette Dello Sport xabar bermoqda.
Acherbining "neradzurrilar" bilan shartnomasi yana 1 yilga mo'ljallangan. Shu tariqa, italiyalik futbolchi 2026 yilning yoziga qadar klubda qoladi.
Barella "qora-ko'klar" bilan shartnomasini 2029 yilning iyunigacha uzaytiradi. Uning maoshi yiliga 7 million evrogacha oshadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!