Nevill Salohning o'yinini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning "Everton"ga qarshi (0:2) bahsdagi harakatlarini tanqid qildi.
“Saloh o'z darajasida emasligi aniq. Birinchi bo'limda Muhammad to'p bilan deyardi muomala qilmadi. U o'yinda yo'qdek tuyuldi. Ba'zida tanaffus olishga to'g'ri keladigan paytlar bo'ladi", - dedi Sky Sports eksperti.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 31 yoshli misrlik 29 ta o'yinda maydonga tushdi. Muhammad hisobida 17 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!